Neymar ertaga Qatarda PSJ uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Neymar ertaga PSJga o‘tish oldidan Qatar mamlakatida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. “Marca” nashrida yozilishicha, 25 yoshli braziliyalik o‘sha erda klub prezidenti Nosir al-Xelayfi bilan ham uchrashishi aytilmoqda.
Ilgariroq, Neymar “Qatar Sports Investment” kompaniyasi bilan shartnoma imzolgani xamda kelishuv shartlariga ko‘ra, braziliyalik forvard 2022 yilgi Qatarda o‘tadigan mundial elchisi bo‘ladi.
Qatarliklar Neymarning ushbu xizmatlari uchun yiliga 60 mln evrodan 5 yil davomida 300 mln evro to‘lab berishadi.

Fikrlar