Neymar hech kim kutmagan chempionatga o‘tmoqchiligini ma’lum qildi
PSJ klubi yulduzi Neymar okean ortida futbol o‘ynash niyati borligini ma’lum qildi.
Braziliyalik futbolchi MLS taqvimi juda qisqali uchun futbolchilarda bo‘sh vaqt ko‘proq bo‘lishini ta’kidladi. Ammo hozircha u kuchli beshlik chempionatlaridan boshqa erga ketmoqchi emas.
"Men AQSh birinchiligida kamida 1 mavsum o‘ynashni juda xohlayman. Ba’zida bu istak biroz ortga chekinadi. Nega aynan MLS? Chunki u erda chempionat o‘yinlari kam va sizda 3-4 oylik ta’til yuzaga keladi",-dedi Neymar "Fenomenos" ko‘rsatuvi efirida.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli vinger 2017 yilda 222 million evro evaziga "Barselona"dan PSJ safiga ko‘chib o‘tgan edi. Bu futbol tarixidagi transfer rekordi sanaladi.

Fikrlar