
Neymar jiddiy jarohat olgan, Messi jarimadan gol urgan o‘yinda PSJ dramatik g‘alabani qo‘lga kiritdi
Frantsiya chempionati 24-turidan o‘rin olgan PSJ - "Lill" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Parijliklar safida gollarga Mbappe (dubl), Neymar va Messi mualliflik qildi. Mehmonlarning gollarini Diakiti, Devid va Bamba kiritdi.
Shu tariqa, PSJ ochkolari sonini 57 taga etkazib oldi va jadvalda peshqadamlik qilmoqda. "Lill" hisobida 41 ochko mavjud bo‘lib, klub 6-pog‘onanini band etgan.
Ahamiyatlisi, Parij klubining oxirgi 4-golini Messi jarima zarbasidan kiritdi. Shuningdek, o‘yinda Neymar jiddiy jarohat oldi. Uning jarohati qanchalik jiddiy ekanini saytimiz orqali tez orada ma’lum qilamiz.
Fikrlar