Neymar maydonga tushishga tayyor

  • 28 noyabr, 20:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Santos" safida harakat qilib kelayotgan Neymar tizzasida jarohati bo‘lishiga qaramay, keyingi uchrashuvda ishtirok etishga tayyor. Bu haqda "ESPN" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, 33 yoshli hujumchi jamoaviy mashg‘ulotlarda tizzasidan jarohat olgan edi. Lekin Neymar shifokorlar tavsiyasiga amal qilmasdan jamoa bilan yana birgalikda mashg‘ulot o‘tkazmoqda va keyingi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor. U klubni oliy divizionda jon saqlab qolishi uchun kurashda yordam berishga qaror qilgan. Braziliyalik forvard o‘sha jarohati sabab 35-turda "Internasonal"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda "Santos" 35 ta uchrashuvda 38 ochko jamg‘argan holda,  turnir jadvalida 17-o‘rinda ketmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!