Neymar Mbappe haqida gapirdi

  • 31.05.2022 18:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Neymar jamoa yulduzi Kilian Mbappe bilan kelisha olmay qolgani haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin frantsiyalik futbolchi haqida fikrlarini bildirdi.

- Tan olaman, oxirgi pallagacha uning atrofidagi gaplardan bexabar edim. Shartnomani uzaytirishi haqida bu xabar e’lon qilinishidan bir kun avval xabar topdim. Kilian qolganidan juda xursandman. PSJ loyihasi unga mos keladi, deb o‘ylayman.  

Mbappening faoliyati uchun vatanida, o‘zining shahri jamoasida bir necha yil o‘ynash, Chempionlar ligasini yutishga intilish foydali bo‘ladi.

Shuning uchun ham uning tanlovi to‘g‘ri bo‘lgan. Balki kelajakda fikrini o‘zgartirib, boshqa jamoada o‘ynashni istab qolar. Tarkibda Kilian kabi o‘yinchilarni ushlab qolish har doim muhim hisoblanadi, - dedi Neymar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!