Neymar Mbappening “jig‘i”ga tega boshladi
Jarohatini davolash bilan band bo‘lgan Neymar jamoadoshi Kilian Mbappe bilan munosabati sovuq ekanini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi.
Braziliyalik forvard Kilian tanqid ostiga olingan videorolikka “layk” bosgani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
- Bu PSJ so‘nggi yillar ichidagi eng yomoni. Klub o‘zining shahzodasi Mbappe bilan katta summa evaziga shartnomani uzaytirdi. Mana shu printsip sabab ular Chempionlar ligasidan erta chiqib ketdi. Kilian Mbappe o‘zini eng zo‘r, deb o‘ylay boshladi, - deyiladi videorolikda.
Ma’lumki, Kilian Mbappega Parij klubida janubiy amerikalik futbolchilarning ta’sir doirasi kuchlili yoqmaydi. Xususan, 24 yoshli futbolchi klub rahbariyatidan Neymarni sotib yuborishni so‘rab kelayotgani bunga misol bo‘ladi.

Fikrlar