
Neymar: Men seni sevaman Braziliya
Braziliyalik hujumchi Neymar Argentinaga qarshi bo‘lib o‘tgan Amerika kubogi final uchrashuvidan so‘ng terma jamoasi mag‘lub bo‘lganiga qaramay, o‘z orzusini ro‘yobga chiqarganini aytdi.
“Xudoga shukur. Meni shunday his nasib etgani uchun tashakkur, menga ushbu libosni kiyish orzusini ro‘yobga chiqarganing uchun rahmat. Hammasi uchun rahmat. Men seni sevaman Braziliya" - deb yozgan Neymar o‘zining instagramida.
Argentinaning g‘alabasi tufayli hujumchi Lionel Messi terma jamoasi bilan birinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.
Shu kuni Argentina Braziliya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni Anxel di Mariya kiritdi.
Fikrlar