"Neymar menga hujum qildi"

  • 6 aprel, 2021, 09:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lill" klubi himoyachisi Tyago Jalo chempionatning 31-turidan o‘rin olgan PSJga (1:0) qarshi bahsda raqib jamoa hujumchisi Neymar bilan sodir bo‘lgan janjal haqida gapirib berdi.

Tecno

“Hammasi o‘tgan yili Parijdagi o‘yinda boshlangan, ammo keyinchalik bunga unchalik ahamiyat berilmagan.

Men shunga hech narsa qilmaganimni aytmoqchiman. Qo‘pollikdan so‘ng, hakam hushtak chaldi va Neymar menga hujum qildi. Men erga yiqildim. U to‘pni mendan tortib olmoqchi bo‘lib, qo‘li bilan yuzimga urdi. Undan keyin meni ham nega maydondan chetlatishdi, bilmayman.

Keyin, tunnelda Neymar menga yoqmagan gaplarni aytdi. Hatto esimda ham yo‘q, lekin o‘shanda yaxshi gaplar aytilmagani aniq edi. Shundan keyin, har birimiz o‘z kiyinish xonamizga kirib ketdik va barchasi yakunlandi.

Men nafaqat Neymar, umuman barcha futbolchilarni hurmat qilaman. Ammo boshqa o‘yinchilar ham hurmat ko‘rsatishi kerak, deb o‘ylayman. Biz bir-birimizni hurmat qilishimiz kerak, chunki biz hamkasbmiz. Neymar hamkasblarini ko‘proq hurmat qilishi lozim”, - dedi Jalo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!