Neymar o‘zining kelajagi borasidagi qarorini Amerika kubogi yakunlangach e’lon qiladi

  • 26 iyun, 2019, 17:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar kelajagi borasid hozircha hech narsani e’lon qilmaydi.

Tecno

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli braziliyalik futbolchi o‘zining yakuniy qarorini 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Amerika kubogi finalidan so‘ng ma’lum qiladi. Sababi, futbolchi o‘z qarori bilan terma jamoadagi futbolchilarni diqqatini bo‘lmoqchi emas.

Aytish lozimki, Neymar final bahsidan so‘ng “Barselona”ga qaytish uchun PSJdan ketmoqchiligini oshkora e’lon qilmoqchi. U kataloniyaliklar safiga qaytish uchun maoshining kamayishiga ham rozi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2014-2017 yillarda “Barselona” safida to‘p surgan va shundan so‘ng 222 mln evro evaziga PSJga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!