
Neymar “Real”dan “Barselona”ga kimni taklif qilishini aytdi
Braziliyalik hujumchi Neymar “Real”dan “Barselona”ga qaysi futbolchini taklif qilishni hoxlashini aytdi.
“Real”dan “Barselona”ga Marseloni taklif qilgan bo‘lar edim. Nega deysizmi? Chunki, u meni do‘stim.
Xatto Ronalduni hammi? Ha, men faqat Marseloni taklif qilgan bo‘lardim.
Qaysi trio kuchli, MSN yoki VVS, bu haqda gapirishni istamayman. Faqat bir narsani aytishim mumkinki, bizning “Barselona”dagi trioimiz allaqachon tarixga kirdi.
Ronaldu “Oltin to‘p”ni oldi, Beyl va Benzema ham mavsumni ajoyib o‘tkazishmoqda. Ularning barchasi hurmatga loyiq futbolchilar”, - deydi Neymar Goal.com nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar