
Neymar va Jezus hamyurtiga Rossiyaga bormaslikni maslahat berishdi
Braziliyaning “Gremio” klubi forvardi Luan Moskvaning “Spartak” klubidan bo‘layotgan taklifni rad etishi mumkin.
Radio Gaucha nashrining xabar berishicha Luan PSJ hamda “Manchester Siti”da to‘p surayotgan hamyurtlari Neymar va Gabriel Jezuslar bilan bu haqda maslahatlashgan. E’tiborlisi, har ikkala futbolchi ham Luanga Rossiyaga bormaslikni maslahat berishgan.
Ma’lumot uchun, Neymar, Jezus va Luan birgalikda 2016 yilda o‘z vatanlarida bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida g‘olib chiqishgan edi.
Fikrlar