Neymar va Mbappening jarohati qay darajada?

  • 21 noyabr, 2018, 14:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi hujumchilari Neymar va Kilian Mbappelarning jarohati qay darajada ekanligi ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tish lozimki, har ikkala futbolchi ham terma jamoa safida jarohat olishgan edi.

Tecno

RMC Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda Neymarning ham, Mbappening ham jarohati jiddiy emas. Frantsiyalik futbolchi elkasidan, braziliyalik futbolchi esa mushaklaridan jarohat olgan. Ular tez orada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi va shundan so‘nggina ularning qachon safga qaytishlari ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum PSJ safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan bo‘lsa, 16ta ishtirok etgan Neymar hisobida 13ta gol hamda 7ta golli uzatma mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!