Neymarga “Oltin to‘p” kerak emas, uning maqsadi boshqa!

  • 28 aprel, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yulduzi Neymar UEFA Chempionlar ligasining yarim final bosqichida “Manchester Siti”ga o‘tkaziladigan birinchi uchrashuv oldidan o‘z maqsadlari haqida gapirdi.

Tecno

- Bu juda og‘ir to‘qnashuv bo‘ladi. “Siti” juda kuchli raqib. Biz murakkab vaziyatda ham o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz. O‘zimni juda zo‘r his qilyapman va jamoamni finalga olib chiqish uchun borimni berishga tayyorman.

O‘yinimiz muntazam kuchayib bormoqda. O‘tgan yili finalni boy bergandik. Bu gal sovrinni qo‘lga kiritamiz. Asosiy maqsadim  dunyoning eng zo‘r futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p”ga ega chiqish emas, balki Chempionlar ligasi bosh sovriniga ega chiqishdir, - dedi Neymar.

“Pari Sen-Jermen” – “Manchester Siti” o‘rtasidagi uchrashuv 28 aprel kuni tunda, Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!