
Neymarni jon deb olamiz!
“Real”ning braziliyalik legioneri Kazemiro PSJdagi hamyurti Neymarning Parij klubidan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Neymar dunyoning istalgan klubida o‘ynay oladi. Agar u PSJga kerak bo‘lmay qolgan bo‘lsa, “Real”ga kerak, - dedi Kazemiro.
PSJ yiliga 50 million evro maosh olayotgan Neymardan tezroq qutilmoqchi. Braziliyalik yulduz klub rahbariyati bilan munosabati buzilib qolganiga qaramay, jamoani tark etmoqchi emas. Neymar jahon chempionati oldidan jamoani almashtirish sport formasiga ta’sir qilishidan hayiqmoqda.
Neymar Parijga kelgunga qadar “Real”ning ashaddiy raqibi bo‘lgan “Barselona”da to‘p tepgan.
Fikrlar