Neymarni sindirishdi

  • 14.12.2020 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Neymar “Lion”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida og‘ir jarohat oldi.  

Braziliyalik yulduzni maydondan zambilda olib chiqib ketishdi. Neymar ko‘z yoshlarini tiyib turolmadi.

Neymarga nisbatan qo‘pollik ishlatgan Tiago Mendes avvaliga sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Biroq, ushbu vaziyatni videotakrorda qayta ko‘rib chiqqan hakam qarorini o‘zgartirib, uni maydondan haydadi.

Uchrashuv “Lion” futbolchilarining kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Endi Neymar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, jarohat darajasi va davolanish muddati aniqlanadi.                   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!