Neymarning fikri o‘zgarib qoldi
PSJ klubi forvardi Neymar parijliklar bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyor. Bu haqda Le Parisien nashri futbolchining yaqinlariga tayanib xabar bermoqda.
Aytish kerakki, braziliyalik futbolchi o‘tgan yoz “Barselona”ga qaytishni xohlagan edi, biroq ushbu transfer amalga oshmay qoldi. Endi Neymar bor e’tiborini Frantsiya grandining loyihasiga qaratgan.
Ma’lumot uchun, Neymar joriy mavsum parijliklar safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar