Neymarning “hurmacha” qiliqlari fosh bo‘ldi
L’Équipe nashrining PSJ klubi ichidagi insayderi braziliyalik hujumchi Neymar jamoa ichida “hurmacha” qiliqlari bilan mashhur bo‘lganini aytib berdi.
Nao‘rning yozishicha, Neymar mashg‘ulot chog‘ida o‘sha davrdagi bosh murabbiy Kristof Galtening assistenti bilan urishib ketgan. Bu jamoa ichida muhitni buzilishiga olib kelgan.
Keyinroq, Neymar mashg‘ulot paytida 19 yoshli yarim himoyachi Ismael Garbi bilan ziddiyatga borgan. O‘shanda mashhur futbolchi yosh jamoadoshini yiqitib, yotgan o‘yinchini boshiga zarba bergan. Bu holatdan ko‘pchilik hayratga tushgan.
- Neymarning Vitinyaga ham yaxshi munosabatda bo‘lmagan. Vitinyaning o‘o‘zi tarbiyali yigit bo‘lgani uchun ortiqcha muammo tug‘dirmaslik maqsadida buni inkor qiladi. Lekin Neymar uni bir necha marotaba haqorat qilgan, - deydi nomini sir tutib, ichki axborotlarni tarqatayotgan L’Équipe jurnali insayderi.
Fikrlar