Neymarning transferi "Real"ga qimmatga tushishi mumkin

  • 11.06.2018 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning  "Real" klubi vingeri Marko Asensio jamoadan ketish haqida o‘ylab qoldi.

Tecno

Diario Gol nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar “qirollik klubi” Neymarni xarid qilsa, u boshqa jamoaga o‘tib ketadi. Gap shundaki, 22 yoshli ispaniyalik futbolchi agar Neymar tarkibga kelib qo‘shilsa, uning asosiy tarkibdagi o‘rni yo‘qoladi. Asensio aynan shundan xavfsiramoqda.

O‘z navbatida "Liverpul", "Yuventus", "Manchester Siti" va PSJ kabi klublar Asensioni quchoq ochib kutib olishga tayyor turishibdi.

Ma’lumot uchun, Asensio o‘tgan mavsum “Real” safida jami 55ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!