Neyt Dias: Men Pore bilan "odobli bola" o‘yinini o‘ynamayman

  • 11 fevral, 2021, 13:47
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Amerikalik aralash qoidalar jangchisi Neyt Dias hamyurti va engil vazn toifasi chempionlik kamarining asosiy da’vogari Dastin Poreni oktagonga chorladi:

"Men engil vaznda jang o‘tkazmayman. U divizion allaqachon o‘lib bo‘lgan. U erda men uchun qiziqarli hech narsa yo‘q. Men bu bosqichni o‘tab bo‘lganman. Shunday ekan, yaqin orada meni yarimo‘rta vazn toifasida ko‘rasiz. 

Dastin bilan jang qilish paytimiz keldi. Biz buni allaqachon amalga oshirishimiz kerak edi. Mana endi hech qanday bahona ushbu to‘qnashuvga to‘siq bo‘la olmaydi. Hamma shu jangni kutyapti, demak sabablar etarli. 

Men Konor kabi "yaxshi bola" rolini o‘ynamayman. Menga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs Porega jiddiy talafotlar etkazadi. 

Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga ko‘tarilishga ham qarshi emasman. Menga g‘oliblar bilan kurash olib borish yoqadi. Sababi, mening o‘zim g‘olib mentalitetga egaman", - dedi Dias. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!