Neyt Diaz: "UFC MakGregorni "tiriltirishimni" xohlaydimi? Mayli..."

  • 14 iyul, 2022, 18:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFCning engil vazn toifasidagi jangchisi Neyt Dias uchinchi bor Konor MakGregor bilan urishishga majrub bo‘layotgani haqida fikr bildirdi.

"UFC meni qo‘yib yuborishni istamayapti. Ular shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga qarshi. Konor bilan yana jang qilishimni xohlashyapti. MakGregorni tamom qilmagunimcha UFC meni qo‘yib yubormaydi.

Bizning taqvimimiz umuman to‘g‘ri kelmaydi. Konor kerak bo‘lganda men bilan jang qilmadi, endi men ham u bilan urishishdan bosh tortaman.

Ular sportdan ketishim oldidan MakGregorni yana shouga qaytarishimni, "tiriltirishimni" xohlaydimi? Mayi, u kelsin, qolganini keyin gaplashamiz",-dedi Dias.

Ma’lumot uchun, bungacha jangchilar 2 bor to‘qnash kelgan. Dastlabki bahsda amerikalik Neyt g‘alaba qozongan bo‘lsa, revansh irlandiyalik foydasiga hal bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!