
Nigina Abduraimova musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi "ISTANBUL LALE CUP" musobaqasiga Turkiya davlati mezbonlik qilmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 60,000 AQSh dollari bo‘lgan mazkur turnirning birinchi davrasida mamlakatimiz sharafini Nigina Abduraimova munosib himoya qildi. Ushbu bosqichda Niginaga qozog‘istonlik Elena Ribakina qarshilik ko‘rsatdi. Ikki set davom etgan o‘yinda tennischimiz 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Birozdan so‘ng mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova hamda slovakiyalik Yana Chepalova uchrashuvi yakunlanadi. Mazkur o‘yin natijasi bilan saytimiz orqali birinchilardan bo‘lib tanishishingiz mumkin.
Fikrlar