
Nigina O‘ktamova bronza medali bilan musobaqani yakunladi
Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyun kunigacha Tailandning Bangkok shahrida xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Bugun ham musobaqaning yarim final bahslari o‘tkazilmoqda.
-57 kg da hamyurtimiz Nigina O‘ktamova va mezbon bokschi Punrave Ruenros jangi o‘z nihoyasiga etdi. To‘liq 3 raund davom etgan bahsda O‘ktamova ochkolar evaziga mag‘lub bo‘ldi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir vakilamiz Aziza Zokirova va ukrainalik Karine Airapetian to‘qnashuvi kutib turibdi.
Fikrlar