
Nigmatullin: Braziliya termasi Rossiyani tekislab ketdi
Rossiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Ruslan Nigmatulin hamyurtlarining Braziliyaga qarshi (0:3) kechgan o‘rtoqlik o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘z uyingda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lganda, qandaydir yaxshi so‘zlarni topish qiyin. Buning uchun Leonid Slutskiy (Rossiya termasining sobiq ustozi – tahririyat izohi) kabi inson bo‘lish kerak. U bunday vaziyatlarda yigitlarni maqtash yo‘lini topardi.
Ushbu o‘yinning bitta ijobiy tomoni, u o‘rtoqlik bellashuvi bo‘lganida va hisob JCh–2018 natijasiga ta’sir qilmaydi. Men terma jamoamiz haqida yomon gaplar ayta olmayman. Ammo Braziliya termasi Rossiyani tekislab o‘tdi. Rossiyalik futbolchilar ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Chunki raqib nisbatan tezroq va dadilroq o‘ynadi”, – dedi Nigmatulin.
Fikrlar