Nihoyat, bugun 2-davra boshlanadi! Shatskixning debyuti, Qarshidagi "olishuv", vodiy derbisi. Mutaxassis munosabati qanday?

  • 1 avgust, 2022, 07:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nihoyat, yozgi tayyorgarlikdan keyin Superliga karvoni yana o‘z yo‘lida davom etishni boshlaydi. 1 avgust sanasidan ikkinchi davraga start beriladi.

Tecno

Bu yog‘i endi hal qiluvchi pallaga aylanadi. 14-turdanoq jiddiy qarama-qarshiliklar kutib turibdi. Yaqin o‘tmishning mohir hujumchilaridan biri sanalgan Baxtiyor Hamidullaev tur oldidan juftliklar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

1 avgust

“Surxon” – “Olimpik”

- Yaxshi o‘yin bo‘ladi. “Surxon” ham, “Olimpik” ham g‘alaba uchun kurashishi aniq. Lekin bilishimcha, “Surxon” hamon o‘z maydonida o‘ynamayapti. Mening fikrimcha, bu juftlikda “Olimpik”ning imkoniyati biroz yuqoriroqdek tuyulyapti. Chunki bu jamoaga uydami, safardami farqi bo‘lmayapti. Ko‘p klublarga jiddiy muammo tug‘diryapti. “Surxon”ga oson bo‘lmaydi.

olimpik1_1

“Paxtakor” – “Dinamo”

- “Paxtakor” klubi ikkinchi davraga tarkibini yana kuchaytirdi. Bu Maksim Shatskixning bosh murabbiylikdagi debyuti. “Dinamo” birinchi davrada yaxshi qatnasha olmadi. Ularni Toshkentda og‘ir o‘yin kutyapti. “Paxtakor” favorit. To‘g‘ri, “Dinamo” ham tarkibiga yangi futbolchilarni qo‘shdi. Biroq “Paxtakor” ham tarkibini ancha kuchaytirdi. Shuning uchun mezbonlarda imkoniyat katta. Lekin u qadar katta hisob qayd etilmasa kerak.

“So‘g‘diyona” – “Bunyodkor”

- Toshkentda murabbiylik moduliga o‘qib yurgan paytimda “Bunyodkor”dagi shogirdlarim bilan ko‘rishdim. Chempionatga yaxshi tayyorlanishdi. “So‘g‘diyona” birinchi davraning oxirgi turida o‘z uyida “Qizilqum”ga yirik hisobda yutqazib qo‘ygani yodimizda. Agar hali ham o‘sha mag‘lubiyatning salbiy ta’siri yo‘qolmagan bo‘lsa u holda mezbonlarga yana qiyinchiliklar tug‘iladi. O‘ylashimcha, ikkala jamoaning kuchi teng kelsa kerak.

2 avgust

“Qo‘qon-1912” – “Neftchi”

- Vodiy derbisiga qiziqish doimgidek katta. Bilishimcha, “Qo‘qon-1912” jamoasi yozgi selektsiyada faqat ikkita o‘yinchi oldi. Aniqrog‘i sobiq futbolchilarini qaytarishdi. “Neftchi” esa o‘z safiga ko‘proq yangi futbolchilarni qo‘shib oldi. Bu ham muhim omillardan biri. O‘z fikrimni aytadigan bo‘lsam, “Neftchi”da imkoniyat ko‘proqdek tuyulmoqda.

neftchi yangi

“Nasaf” – “Navbahor”

- Mana bu turning markaziy o‘yini. Zo‘r to‘qnashuvga guvoh bo‘lamiz. Ikkala jamoani ham bilamiz. “Nasaf” hatto o‘zidan ham kuchli! “Navbahor” ham yaxshi transferlarni amalga oshirdi. Rosti, kimnidir imkoniyatini yuqori baholash qiyin. Chunki “Nasaf” ham, “Navbahor” ham kuchli jamoalar. Balki durang bo‘lar.

3 avgust

AGMK – “Metallurg”

- Ochig‘i, “Metallurg” bo‘yicha menda ma’lumotlar kam. AGMKni esa qanday jamoa ekanligini yaxshi bilamiz. Bu uchrashuvda mezbonlarning qo‘li baland keladi, deb o‘ylayapman. Tarkibi ham yaxshi. Boz ustiga AGMKning maqsadi sovrinli o‘rinlardan birini egallash.

meta

“Lokomotiv” – “Qizilqum”

- “Qizilqum” birinchi davrani oxirgi turida “So‘g‘diyona”ni yirik hisobda yutdi. Menimcha, jamoada o‘sha g‘alabaning kayfiyati tark etmagandir. Agar shunday bo‘lsa, “Qizilqum” yana g‘alaba qozonishi mumkin. Bu jamoani tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilar bor. “Lokomotiv”ga nisbatan “Qizilqum”da imkoniyat yaxshiroq, nazarimda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!