
Nihoyat, "Nasaf"ga kumush medallari topshirildi
O‘zingizga ma’lum “Nasaf” jamoasi Coca-Cola Superliganing 2020 yilgi mavsumida eng yosh jamoa bo‘lishiga qaramay, chempionatni ikkinchi o‘rin bilan yakunlab kumush medallarini qo‘lga kiritgan edi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugun Qarshi shahridagi “Yoshlar” markazi anjumanlar zalida Zoyir Mirzaev boshchiligidagi viloyat rahbarlari, bosh homiy - “Sho‘rtangaz-kimyo majmuasi” rahbariyati, jamoaning sodiq muxlislari yig‘ilishdi va klub murabbiylari hamda futbolchilariga 2020 yilgi Superliga uchun kumush medallari topshirildi.
Ammo klub bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev Toshkentda davolanayotgani sababli marosimda ishtirok eta olmadi.
Marosim davomida o‘tgan mavsumda jamoa tarkibida eng faol harakat qilgan futbolchilar turli nominatsiyalarda taqdirlanishdi:
Husniddin Aliqulov — Eng yosh umidli futbolchi;
Bobir Abdixoliqov — Jamoa to‘purari;
Oybek Bozorov — Eng yaxshi yarim himoyachi;
Marko Stanoevich — Eng yaxshi futbolchi;
Umarbek Eshmurodov — Eng yaxshi himoyachi;
Abduvohid Ne’matov — Eng yaxshi darvozabon.
Fikrlar