Nihoyat, "Qizilqum" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi!

  • 10 yanvar, 2023, 20:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nihoyat, “Qizilqum” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. O‘tgan yili navoiyliklar jamoasiga ustozlik qilgan serbiyalik Nikola Lazarevichdan so‘ng bu lavozimni Asror Aliqulov egalladi. Ushbu mutaxassis “Qizilqum”da ishga kirishganiga bir necha hafta bo‘ldi. Klub matbuot xizmati mazkur murabbiy bilan rasman shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

“Jamoamizni yangi mavsumda Kosonlik tajribali murabbiy Asror Aliqulov bosh murabbiy sifatida boshqarib boradi.

Asror Aliqulovaning murabbiylik faoliyati:

asror1_3

2017 - 2018 yillarda "Sho‘rtan", 2018 - 2019 yillarda "Mash’al" hamda 2020 - 2021 yillarda yana G‘o‘zorning "Sho‘rtan" jamoalarida bosh murabbiy lavozimida ishlagan.

Qolaversa futbolchilik faoliyatida 5 marotaba O‘zbekiston chempioni, 5 marta O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylangan, O‘zbekiston terma jamoasida 60 dan ortiq uchrashuv o‘tkazgan”, - deyiladi, xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!