
Nihoyat! Mbappe ertagi tugadi
PSJ futbolchisi Kilian Mbappe Parij klubi bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi jamoada qolishi evaziga bonus va yana boshqa qulayliklarga ega bo‘ladi. U yakuniy qarorini shaxsan "Real" prezidenti Florentino Peresning o‘ziga ma’lum qilgan.
Shu tariqa, frantsuz haqida turli mish-mishlar yakuniga etdi. U kamida yana bir mavsum PSJda faoliyatini davom ettiradi.
Fikrlar