Niko Uilyams: "Mbappe — ajoyib oʻyinchi, lekin bizda Yamal bor"

  • 13.07.2026 14:13
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Niko Uilyams jurnalistlar bilan suhbatda 2026 yildagi jahon chempionati yarim finali oldidan Fransiyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.

 

«Mbappe — juda kuchli futbolchi, lekin bizda dunyodagi eng yaxshi oʻyinchi bor. Bu — Lamin Yamal. U shu oʻyinda oʻzining eng yaxshi tomonlarini namoyish etadi», — deya Uilyamsning soʻzlarini The Touchline nashri keltiradi.

 

Eslatib oʻtamiz, Kilian Mbappe jahon chempionatida sakkizta gol urib, toʻpurarlar poygasida argentinalik yulduz Lionel Messi bilan birgalikda peshqadamlik qilmoqda. Lamin Yamal uchun esa bu mundial hozircha unchalik omadli kechmayapti: «qizil furiya» hujumchisi olti oʻyinda faqat bir bor gol urgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!