Niko Uilyamssga APL grandi jiddiy qiziqyapti
"Bilbao"ning Atletik klubi vingeri Niko Uilyamssga London klubi daʼvogarlik qilmoqda.
"TeamTalk" nashri bergan xabarlarga koʻra, ispaniyalik hujumchining xizmatlariga Angliyaning "Tottenxem" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Maʼlum boʻlishicha "shporlar" rahbariyati futbolchining shartnomasida belgilangan 95 million evrolik tovon pulini toʻlab berishga tayyor. Londonliklardan tashqari, Niko uchun Angliya Premier-ligasining amaldagi chempioni "Liverpul" jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.Futbolchi 2021 yildan buyon bilbaoliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning basklar bilan amaldagi shartnomasi 2035 yilning yozigacha amal qiladi. Uilyamssning "Transfermarkt"dagi narxi 60 million evroni tashkil etadi.
Maʼlumot uchun, 23 yoshli vinger joriy mavsumda umumiy 26ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol va 6ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar