Nikola Lazarevich: "Yigitlar xarakter ko‘rsatishdi va yaxshi o‘ynashdi"

  • 2 may, 2022, 00:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasining 6-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyingi  matbuot anjumanining ikkinchi qismida navoiyliklar ustozi Nikola Lazarevich jurnalistlarning savollariga javob berdi. Serbiyalik mutaxassis o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikri bilan boshladi.

- Avvalo, “Navbahor”ni g‘alaba bilan tabriklab o‘tmoqchiman. Bir kishi kam bo‘lib o‘ynaganimizga qaramasdan, yigitlar xarakter ko‘rsatishdi va yaxshi o‘ynashdi.

Keyingi o‘yinlarga jiddiy hozirlik ko‘ramiz. Afsuski, qizil kartochkadan so‘ng qiyin holatda qoldik. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yin uchun futbolchilarimizga rahmat.

Biz oxirgi daqiqalargacha diqqat-e’tiborni yo‘qotmasligimiz lozim.

- Timur Nabievni asosiy tarkibda ko‘rdik. Uning o‘rniga Fayzulla Qambarov yoki Azizbek Usmonovni maydonga tushirsangiz bo‘lmasmidi?

- Nazdimda, Nabiev O‘zbekiston Kubogi uchrashuvida yaxshi harakat qilgandi. Tanlovimiz aynan u bo‘ldi. Undan tashqari, yoshlarga imkoniyat berishimiz mumkin.

- Erkin Baydullaevning jarohati jiddiymi?

- Hozircha bir nima deyolmayman. Endi bilib olamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!