
Nikolas Talyafiko: "Yuventus" - "Ayaks" juftligida imkoniyatlar hamon teng
"Ayaks" klubi himoyachisi Nikolas Talyafiko kecha "Yuventus"ga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz g‘alaba qozonishni xohlagandik, ammo, raqib bizning maydonimizda gol urishni uddaladi. Endi “Ayaks”ga oson bo‘lmaydi, lekin biz Turinda ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz. Ushbu juftlikda yarim finalga chiqish imkoniyatlari hamon 50/50 deb o‘ylayman. Turinliklarda mehmonda urilgan gol borasida ustunlik bor, lekin biz “Real”ga qarshi o‘yinda bunday ustunlikni yo‘qqa chiqara olganmiz. Javob bahsida imkon qadar ko‘proq vaziyatlar yaratib, gol urishga harakat qilamiz”, - deydi argentinalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” va “Ayaks” jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar