nikolay valuev: chagaevni oson engaman deb xato qilganman

  • 27 fevral, 2019, 10:58
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mazkur boks oqshomida o‘zbekistonlik 19 yoshli Ravshan Muhammadjonov (6-0, 3 KO) navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. -72,58 kg vazn toifasida kechgan jangda hamyurtimizga rossiyalik Dmitriy Gashkov qarshi ringga chiqdi, biroq to‘qnashuvning birinchi raundidayoq Ravshan raqibini nokautga uchratdi va faoliyatidagi oltinchi g‘alabasini nishonladi.

ravshan

Shuningdek, ushbu boks oqshomi arafasida professional boks murabbiylari Nabijon Ismonov hamda Zufar Sulaymonov super og‘ir vazn toifasida WBA sobiq chempioni, ayni vaqtda siyosat olamida faoliyat yuritayotgan Nikolay Valuev bilan uchrashib, suhbat qurishdi.

Mazkur suhbatda Valuev o‘zbek boksiga, ayniqsa havaskorlar bokschiga yuqori baho bergan va ularga havas qilishini ta’kidlagan. Bundan tashqari suhbatda rossiyalik sobiq bokschi Ruslan Chagaev bilan bo‘lgan jangga alohida to‘xtalib o‘tgan va mazkur qarama-qarshilik oldidan osongina g‘alaba qozonaman deb o‘ylaganini hamda  raundlar mobaynida esa Ruslan uchun jonli nishonga aylanganini tan olgan.

Eslatib o‘tamiz, Chagaev va Valuev o‘rtasidagi chempionlik jangi 2007 yil 14 aprelida Germaniyaning Shtuttgart shahridagi “Porshe-Arena”da tashkil etilgan. Mazkur to‘qnashuvga qadar bokschilari professional ringda mag‘lubiyatga uchramagan. 12 raund yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschi ochkolar bo‘yicha raqibidan ustun kelib, chempionlikni tortib oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!