
Nikolo Zanolo APLning 3 klubi qiziqish bildirmoqda
"Roma" vingeri Nikolo Zanolo faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, unga Angliya Premer ligasi vakili "Tottenxem" qiziqish bildiryapti. Londonliklar uni qishki transfer oynasida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
"Shporlar"dan tashqari Nikoloni "Vest Xem" hamda "Nottingem Forest" jamoalari ham o‘z safida ko‘rishni niyat qilgan. Uning transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsum Zanolo 17 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 gol va assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar