Nimalar bo‘lyapti? “Evro-2024” oldidan Frantsiya o‘yinchilarining mazasi qochdi

  • 13 iyun, 2024, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionati boshlanishi arafasida chempionlikka asosiy da’vogarlardan bo‘lgan Frantsiya terma jamoasida kutilmagan muammo kelib chiqdi.

Tecno

RMC Sport nashrining ma’lum qilishicha, Germaniyaga kelib joylashgan bir necha futbolchilarda bosh og‘rig‘i va holsizlik kuzatilgan. Mazasi qochgan o‘yinchilar kimligi aytilmayapti.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Frantsiya terma jamoasida jiddiy muammo yo‘q. Mazasi qochgan futbolchilar shunchaki shamollab qolgani ta’kidlandi.

Dide Desham shogirdlari qit’a chempionatining “D” guruhidan chiqish uchun Avstriya, Niderlandiya va Polsha terma jamoalari bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!