Nina Drama: "Dana Uayt meni noma'lum taqibchidan qutqarib qoldi"

  • 27.08.2026 14:23
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli bloger Nina Drama o‘zini uzoq vaqt bezovta qilib kelgan ta’qibchiga qarshi kurashishda UFC prezidenti Dana Uayt yordam ko‘rsatganini aytib o‘tdi.

"Bir necha yil oldin meni mutlaqo aqli noraso bo‘lgan bir odam doimiy ravishda ta’qib qila boshladi. Keyin Uaytga qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘radim. U esa uyimga maxsus antiterror guruhini yubordi. Oradan bir kun ham o‘tmasdan ular o‘sha ta’qibchini topishdi va uni parvoz qilishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatiga kiritishdi. Ochig‘i, Danadan juda minnatdorman. U bunday vaziyatlarda mutlaqo keskin chora ko‘radi", — dedi Nina.

Ma’lumot uchun, Drama UFC jangchilari bilan norasmiy va hazilomuz intervyular olishi bilan tanilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!