Nkunku yangi mavsum "Chelsi"da qaysi pozitsiyada harakat qiladi?

  • 31 iyul, 2023, 11:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku mavsumoldi o‘yinlar va qaysi pozitsiyada o‘ynashi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Ko‘klar" o‘rtoqlik o‘yinida "Fulxem"ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, Premer-liganing yozgi ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bahsda gollardan birini 41-daqiqada Nkunku darvozaga to‘riga joylab qo‘ydi.

"Mavsum oldi g‘alabalar ishonchni mustahkamlash uchun muhimdir. Navbatdagi bahsda Dortmundning "Borussiya"sini ham mag‘lubiyatga uchratishni xohlaymiz.

Mening pozitsiyam? Mavsumoldi o‘yinlarida turli variantlarni sinab ko‘ryapmiz. Men allaqachon 3 ta pozitsiyada o‘ynab ko‘rdim. Keling, nima bo‘lishini yangi mavsum boshlangunga qadar kutaylik",- dedi Nkunku.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!