
Nkunkuning agenti futbolchini Ispaniyaning grand klubiga taklif qildi
"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunkuning agenti futbolchini Ispaniyaning “Barselona” klubiga taklif qilmoqda.
So‘nggi kunlarda Kristofer jamoadagi o‘yin amaliyotidan norozi bo‘lib, ko‘plab o‘yinlarni zaxira o‘rindig‘idan boshlagan. Shu sababli, vingerning qishki transferlar oynasida o‘z jamoasini o‘zgartirish ehtimoli yuqori, deb xabar bermoqda Ispaniyaning Sport nashri.
Hozirgi kunda, kataloniyaliklarda jarohatlar sababli ushbu pozitsiyada futbolchiga ehtiyoj bor. Masalan, kecha Ferran Torres mashg‘ulotlarda noqulaylikni sezib, safdan chiqdi. Undan avval, Lamin Yamal va Ansu Fati ham jarohat olib, uchrashuvlarda ishtirok etisha olmayotgandi. Shu bois, Nkunku uchun "ko‘k-anorranglilar" eng yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli hujumchi joriy mavsumda “aristokratlar” safida 25 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar