Norasmiy jahon kubogiga yo‘l olgan bokschilarimiz bilan tanishing

  • 9 dekabr, 2019, 13:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Norasmiy Jahon Kubogi sifatida e’tirof etiladigan, "Neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar kubogi"ga quyidagi bokschilarimiz yo‘l olishdi. 

10-15 dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansiysk shahrida neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar bokschilari o‘rtasida xalqaro turnir tashkil etiladi.

Mehnat Qahramoni Farman Qurban ogli Salmanov xotirasiga bag‘ishlangan mazkur turnirda 15 mamlakatdan 100 nafardan ziyod charm qo‘lqop ustalari ishtirok etishadi.

10 ta vazn toifasida tashkil etiladigan bahslarda o‘zbekistonlik bokschilar ham ishtirok etishadi. Vakillarimiz turnirga quyidagi tarkibda yo‘l olishdi:

-52 kg: Doston Xodjaev
-57 kg: Fazliddin Kattakulov
-63 kg: Aliyor Noraliev
-69 kg: Jaxongir Yuldashev
-75 kg: Abu Nuranov
-81 kg: Shoxrux Rustamov
-91 kg: Jamshid Abdullaev
+91 kg: Laziz Mullajonov

Murabbiylar: G‘ani Yusupov, Alisher To‘ychiev. Hamyurtimiz Jasurbek Qurbonov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!