Norvegiya hujumchisi "JCh-2026"dan chiqib ketgach, o‘lim bilan qo‘rqitilmoqda

  • 13.07.2026 14:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Sorlоt jahon chempionati – 2026 musobaqasidan chiqib ketgach, ijtimoiy tarmoqlarda qattiq tanqid va tahdidlarga duch keldi. Chorak finalda skandinavlar Angliyaga qarshi uchrashuvda qo‘shimcha daqiqalarda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Futbolchining turmush o‘rtog‘i Lena Selnes o‘z sahifalari orqali Sorlоt manziliga yo‘llanayotgan tahdidlar haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda hujumchiga nisbatan «ahmoq, o‘zingni o‘ldir», «men uni o‘ldirgim kelyapti» kabi nafratga to‘la xabarlar yo‘llangan. Shuningdek, Sorlоtga «yonib ket» mazmunidagi la’nat va qarghishlar ham yozilgan.

Muxlislar g‘azabining asosiy sababi sifatida uchrashuvning birinchi bo‘limidagi bir epizod tilga olinmoqda. O‘sha vaziyatda Sorlоt darvoza oldida juda qulay pozitsiyada turgan Erling Holannga to‘p uzatmadi. Mutaxassislar fikricha, agar norvegiyaliklar o‘sha imkoniyatdan foydalanishganida, hisobni 2:0 qilib oshirishlari va o‘yin taqdiri mutlaqo boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!