Norvegiyaning yangi yulduzi Angliyani zabt etishga kelmoqda
Norvegiya sovuq o‘lka bo‘lishiga qaramay, yosh, iste’dodli va jismonan etuk futbolchilarni tarbiyalashda o‘ziga xos fabrikaga aylanmoqda. Ayni paytda bu mamlakat vakillariga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.
“Seltik” jamoasining 22 yoshli norvegiyalik himoyachisi Kristoffer Ayerni qo‘shni Angliyada intiqlik bilan kutishyapti. Professional futbolga ilk qadamini 16 yoshida qo‘yib, Norvegiyaning “Start” jamoasida debyut qilgan Kristoffer Ayerning transfer narxi 3 million evroga ham etmagan edi. Yosh yigitga imkoniyat bergan keltlar uch yil ichida uni yuqori malakali himoyachiga aylantirishda. Transfer narxi ham o‘n barobar oshdi.
Ayni paytda “Manchester Siti”, “Lestera”, “Vulverxempton” va “Everton” yosh markaziy himoyachi uchun “Seltik” talab qilayotgan 25 million evroni to‘lashga tayyor turibdi.
Fikrlar