Noyer "Barselona" va "Inter" qanday jamoa ekanligini aytdi

  • 14 sentabr, 2022, 15:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" posboni Manuel Noyer "Barselona" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi. 

Myunxen klubi Evropa Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan o‘yinda o‘z maydonida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

"Tanaffusdan keyin biz o‘yin avvalidagidan ancha yaxshi harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda biz yutishni istayotganimiz yaqqol sezildi. Biz shunchaki buni ko‘proq xohladik. 

"Inter" va "Barselona" to‘pni o‘zida ushlashni yoqtiradigan jamoalar. Bu bizga ko‘proq bo‘sh zonalar taqdim etadi. Ikkinchi golni aynan shu tufayli kiritdik. 

Biz kompakt futbol namoyish etib, himoyaga "avtobuz" qo‘yadigan jamoalarga qarshi qiynalamiz. Shunday bo‘lsa-da, har qanday vaziyatga echim topamiz va qaror qabul qilamiz", - dedi "Bavariya" darvozaboni. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!