Noyer "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytiradi
Manuél Noyer ",Bavariya", bilan yangi shartnoma boʻyicha toʻliq kelishuvga erishdi.
",Sky Sport", xabariga koʻra, 40 yoshli darvozabonning yangi bitimi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.
Tomonlar shartnomani 16 may, shanba kuni boʻlib oʻtadigan ",Köln",ga qarshi uchrashuvdan oldin imzolashni rejalashtirmoqda. Bu oʻyin myunxenliklar uchun mavsumdagi soʻnggi uy uchrashuvi boʻladi.
Shuningdek, Jonas Urbig jamoaning ikkinchi darvozaboni sifatida qoladi va kelasi mavsumda koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi kutilmoqda. Sven Ulrayx ham jamoada qoladi.

Fikrlar