
Noyer "Bavariya"ning omadsizliklari haqida gapirdi
Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer kecha Bundesliganing 7-turida "Borussiya" Myunxenglabdaxga (0:3) qarshi bahsda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz o‘yinni yaxshi boshladik ammo, keraksiz vaziyatda gol o‘tkazib yubordik. Shundan so‘ng ham biz vaziyatni to‘g‘rilashga harakat qildik, biroq hujumda hech narsa qila olmadik. O‘tgan o‘yinlarda ham bizda ko‘plab vaziyatlar bo‘lgan edi, lekin ularni golga aylantira olmadik. Bugun esa xatto vaziyatlar ham bo‘lmadi. Bu “Bavariya” emas”, - deydi tajribali darvozabon.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" chempionatning avvalgi turida Berlinda "Gerta"ga (2:0) imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Fikrlar