
Noyer Oliver Kanning rekordini yangilay oladimi?
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer EChL guruh bosqichi "Atletiko"ga qarshi o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Klub rasmiy matubot-xizmati golkiper myunxenliklar tarkibida barcha turnirlarda 200 quruq o‘yinini o‘tkazgani haqida xabar qilmoqda. Germaniyalik futbolchi afsonaviy Zepp Mayerning 199 talik natijasini ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazish bo‘yicha yaqqol rekordchi Oliver Kan hisoblanadi. Uning hisobida 247 ta quruq bellashuv mavjud.
Fikrlar