
Noyer terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.
38 yoshli darvozabon ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat qilib, terma jamoadagi faoliyatini rasman yakunlaganini ma’lum qildi.
“Rahmat, Germaniya! Men bu jamoada harakat qilganimdan mamnunman", - dedi Noyer o‘z murojaatida.
Manuel 2009 yildan beri Germaniya terma jamoasi darvozasini himoya qilib kelayotgan edi. Darvozabon terma safida 124 ta o‘yin o‘tkazgan va 2014 yilgi Jaxon chempionatida g‘olib chiqqan.
Avvalroq Noyer jamoada qolish niyatida ekanligi, biroq sentyabr oyidagi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.
Fikrlar