No‘’mon Hasanov: Javohir Sidiqovning o‘rnini bosish oson emas

  • 1 aprel, 2019, 04:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"O‘zingiz guvohi bo‘lganingizdek, haqiqiy “jang” bo‘ldi. Bugun shogirdlarimning o‘yini qovushmagandek bo‘ldi. Biz istagan futbol bunday emas.

Tecno

Bugungi ochilish marosimini yuqori darajada tashkil etib bergan Farg‘ona viloyat futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildiraman. Har ikki jamoa ishqibozlariga stadionda ajoyib muxit yaratishgani uchun rahmat aytaman.

Yuqorida aytganimdek, bugun haqiqiy “jang” bo‘ldi.  Jarohat olgan futbolchilar borasida aytadigan bo‘lsam bu futbol, jarohatlar esa uning bir bo‘lagidir. Hech qaysi futbolchi ataylab raqibini jarohatlash uchun o‘ynamaydi. 

Javohir Sidiqovning o‘rnini bosish oson emas. Lekin uning o‘rnini bilintirmaslikka harakat qilamiz. Mavsum endi boshlanganini unutmaslik lozim. Hali hammasi oldinda", - dedi Hasanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!