Nukusda belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon va Osiyo chempionati o‘tkazildi

CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, 28-31 may kunlari Nukus shahridagi 1- sonli sport maktabining manejida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘smirlar va qizlar o‘rtasida jahon va osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

Chempionat dasturiga ko‘ra,  29 may kuni belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempionati bahslari o‘tkazilgan bo‘lsa, 30 may kuni belbog‘li kurash bo‘yicha Osiyo chempionati  o‘tkazildi. Mazkur Osiyo chempionatida ham jahon chempionatidagi kabi 20 ga yaqin davlatlardan  300 nafarga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. 
Chempionat doirasida Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi tomonidan kongress o‘tkazildi. Kongressda konfedratsiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi. Kongressda konfedratsiya a’zolari tomonidan Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi bosh kotibligiga nomozodlar ko‘rib chiqildi, barcha a’zolar bir ovozdan  Sardor Dastirov nomzodini bosh kotiblikka tasdiqladi. 

Belbog‘li kurashning klassik yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘g‘il bolalar 10 ta vazn toifasida bellashishgan  bo‘lsa, qizlar 7 ta vaznda g‘oliblik uchun bor mahoratlarini namoyish etishdi. 
Quyida osiyo chempionlari bilan tanishing. 

O‘g‘il bolalar: 

45 kg. Isabek Beysinbaev (O‘zbekiston) 
50 kg. Otabek Shavkatov (O‘zbekiston) 
55 kg. Temurbek Ne’matullaev (O‘zbekiston) 
60 kg. Xumoyunmirzo Biloliddinov (O‘zbekiston) 
65 kg. Ahliddin Mamatkarimov (O‘zbekiston) 
71 kg. Nurbek Musinboev (O‘zbekiston) 
77 kg. Islombek Ziyotboev (O‘zbekiston) 
85 kg. Selim Annanazarov (Turkmaniston) 
95 kg. Abbas Rakxat (Qozog‘iston)
+95 kg Shohjaxon Rahmatov (O‘zbekiston). 

Qizlar: 

44 kg. Risolatxon Olimova (O‘zbekiston) 
48 kg. Zilolajon Qudratova (O‘zbekiston) 
52 kg. Gulnur Amanbaeva (O‘zbekiston) 
57 kg. Nazmi Mundisbaeva (Qirg‘iziston) 
63 kg. Aneliya Turdiboeva (Qirg‘iziston) 
70 kg. Sanet Talabekova (Qirg‘iziston) 
+70 kg Rayhonaxon Mamatkarimova (O‘zbekiston) 
Osiyo chempionati bellashuvlari yakuniga etgach, barcha g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Tantanali taqdirlash marosimida Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov ishtirok etdi. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!