"Nurafshon" ("Buxoro") klubiga yangi rahbar tayinlandi. Uning zimmasiga qarzdorliklarni bartaraf qilish va boshqa vazifalar yuklatildi

  • 27 noyabr, 2021, 18:56
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 26 noyabr kuni “Nurafshon” klubi anjumanlar zalida navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Unda Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Shaxriyorov, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ma’sul hodimi va viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ismoil Mirzaev hamda “Nurafshon” klubi rahbariyati, ishchi xodimlari va jamoa ishqibozlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida klubdagi ayni damdagi vaziyatlar, “Buxoro sport majmuasi”dagi chimning holati va yig‘ilishning asosiy kun tartibidagi klubga yangi rahbar tayinlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra “Nurafshon” klubi bosh direktori etib Qodirov O‘tkir Olimovich tayinlandi.

Shuningdek, O‘tkir Qodirovga ma’lum majburiyatlar ya’ni bular: jamiyat moliyaviy holatini yaxshilash, homiylik mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish, mavjud kreditor qarzdorliklarni, shu jumladan oylik ish haqidan qarzdorliklarni bartaraf etish choralarni ko‘rish hamda kelgusi 2022 yilda jamoani Pro ligadan Superligaga olib chiqish kabi vazifalar yuklatildi.

photo_2021-11-27_18-35-54

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!