Nuri Shaxin yozda "Borussiya" bosh murabbiyi bo‘ladi

  • 31 dekabr, 2023, 22:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vaqtida "Real"dagi faoliyati bilan tanilgan futbolchi Nuri Shaxin Dortmundning "Borussiya"sida murabbiy yordamchisi sifatida ish boshlaganidan xabaringiz bor. 

Ma’lum bo‘lishicha, Shaxin yozda jamoa bosh murabbiyi bo‘lishi ham ko‘zda tutilgan. U yarim mavsum amaldagi bosh murabbiy Edin Terzichga yordamchilik qiladi va yangi mavsumdan boshqaruvni o‘z qo‘liga oladi.

Ma’lumot o‘rnida, Nuri 2005-2011 va 2013-2018 yillar oralig‘ida "Borussiya" sharafini himoya qilgan. Ayni vaqtda dortmundliklar Bundesligada 27 ochko bilan 5-pog‘onani band etib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!