
Nursulton Ro‘ziboev hamda Elmurod Haqnazarov nihoyat kuch sinashadi!
7 iyun kuni Andijon viloyati, Izboskan tumani, Poytug‘ shaharchasida o‘ziga xos mini futbol turniri bo‘lib o‘tadi.
Yanada aniqroq qilib aytganda, butun umrini davlat xizmatiga bag‘ishlagan, fidoyi inson Adhamjon Hoji Mahmudovning yorqin xotirasiga ajoyib futbol shousi tashkil etiladi.
Turnirning o‘ziga xosligi shundaki, g‘oliblik uchun yurtimizning mashhur yakkakurash ustalari- muaytay bo‘yicha uch karra jahon chempioni Mavlonbek Qahhorov , o‘zbek MMA olamining yorqin yulduzi Nursulton Ro‘ziboev hamda uning ukasi iste’dodli MMA jangchisi Mashrabjon Ro‘ziboev, ajoyib murabbiy Bekzod Jiyanov va Sherbek Bilolov hamda taniqli so‘z ustasi Elmurod Haqnazarov boshchiligidagi jamoalar maydonga tushishadi.
Bir so‘z bilan aytganda super futbol shousi bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirda ro‘y bergan qiziq voqealar, jangchilarimizning futboldagi mahoratlari va albatta, "Barselona" klubining ashaddiy muxlisi Erik Haydarning maydondagi salohiyatini Sports.uz saytining Yutub kanalida tomosha qilishingiz mumkin!
Turnirda ishtirok etuvchi jamoalar bilan tanishing:
1. Nursulton Ro‘ziboev jamoasi,
2. Elmurod Xaqnazarov jamoasi,
3. Mavlonbek Qahhorov jamoasi,
4. Mashrabjon Ro‘ziboev jamoasi,
5. BM klinikasi jamoasi
6. "Kosonsoy sherlari" jamoasi,
7. "Soliqchi" Izboskan tumani jamoasi.
Fikrlar